10:15 / 04.03.2017
4681

Tillerson jahonda inson huquqlari holati haqidagi ma'ruzani taqdim qildi

Foto: AP

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson 3 mart kuni jahonda inson huquqlarining joriy holati haqidagi ma'ruzani taqdim qildi. Bu hujjat Tillersonning yangi lavozimidagi bu turdagi ilk hujjati bo‘ldi.

"Inson huquqlari haqidagi ma'ruza AQShning erkinlik, inson qadr-qimmati va global farovonlik g‘oyalarini ilgari surishga qat'iy sodiqligini namoyish qiladi", deb yozgan Tillerson ma'ruza so‘z boshida.

"Inson huquqlari va boshqaruvning demokratik shakllarini ilgari surish AQSh tashqi siyosatining muhim unsuridir. Bu qadriyatlar barqaror, xavfsiz, yaxshi faoliyat yurituvchi jamiyatga zarur poydevorni yaratadi. Inson huquqlarini himoya qilish bu AQShning faqat ma'naviy majburiyatigina emas, balki u AQShning manfaatlariga mos keladi va bu dunyoni barqaror va xavfsizroq qiladi", deb qo‘shimcha qilgan AQSh davlat kotibi.  

Ma'ruzada taxminan 200 ta davlat bo‘yicha ma'lumot to‘plangan. 

Top