17:39 / 06.03.2017
19803

15 nafar qiz Zulfiya nomidagi davlat mukofot bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 3 mart kuni o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan qizlarni rag‘batlantirish maqsadida “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

ZULFIYa NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLASh TO‘G‘RISIDA

Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini oshirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan qizlarni rag‘batlantirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan:

1. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a'lo xulqi, noyob iste'dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, san'at, ta'lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma'qullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bo‘yicha ko‘zda tutilgan 14 ta mukofot o‘rniga 2017 yil uchun istisno tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2 nafar, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 nafardan vakilalariga – jami 15 ta mukofot berilishi belgilansin.

3. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta'minlasin.

5. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste'dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari T.Norboyeva zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri,
2017 yil 3 mart

* * *
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 3 martdagi
PQ-2815-sonli qaroriga ilova

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar 

R O‘ Y X A T I 

Karamatdinova Ayjamal Jyengis qizi    -    Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi 1-akademik litseyning 3-bosqich o‘quvchisi

Otajonova Go‘zal Azamat qizi    -    Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tibbiyot kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Toshtemirova Iltijoxon Valisher qizi    -    Andijon pedagogika kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Idiyeva Aziza  Jurabek qizi    -    Buxoro iqtisodiyot va bank kollejining 1-bosqich o‘quvchisi

Abdurazoqova Nigina Abduvahob qizi    -    Jizzax san'at kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Ne'matova O‘g‘iloy Akram qizi    -    Qashqadaryo viloyati Kitob iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Kamolova Dilnoza Samariddinovna    -    Navoiy viloyati Uchquduq qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kollejining 2-bosqich o‘quvchisi

Muhammadjonova Sevinch Ibroximali qizi    -    Namangan viloyati Chust sport kollejining 1-bosqich o‘quvchisi

O‘roqova Dildora Akmaljon qizi     -    Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan Umumiy o‘rta ta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Sherbekova Nozimabonu Nurmuxammad qizi    -    Sirdaryo viloyati Boyovut qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining 2-bosqich o‘quvchisi

Temirova Shahribonu Baxtiyor qizi    -    Termiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyining 3-bosqich o‘quvchisi

Raxmatova Dilnoza Bakir qizi    -    O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining 1-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Kurbonova Mushtariybegim Baxtiyorjon qizi    -    Farg‘ona davlat universitetining 1-bosqich talabasi

Masharipova Ruxsora Olimjonovna    -    Urganch davlat universiteti qoshidagi 2-akademik litseyning 2-bosqich o‘quvchisi

Tursunqulova Nigora Akmal qizi    -    Toshkent shahri Mirobod yengil sanoat va servis kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Top