15:40 / 06.03.2017
9078

Ashxobodda kengaytirilgan tarkibdagi Turkmaniston-O‘zbekiston muzokaralari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning «yakkama-yakka» shaklidagi muzokaralaridan so‘ng, oliy darajadagi muzokaralar kengaytirilgan tarkibda davom ettirildi – ikki davlat rasmiy delegatsiyalari a'zolari ishtirokida.

Turkmaniston Prezidentining ta'kidlashicha, turkman-o‘zbek hamkorligining samaradorligi umumiy manfaatlar va o‘zaro harakatlarni chuqurlashtirish bo‘yicha siyosiy iroda tufaylidir.

Sheriklikning strategik yo‘nalishlari sifatida energetika va transport sohasi tilga olindi. Bu yerda ikki mamlakatda hamkorlikning muvaffiyatli misoli bor – 2009 yilning dekabrida ishga tushirilgan hamda Turkmanistondan Xitoygacha bo‘lgan gaz quvuri. Uning bir qismi O‘zbekiston hududidan o‘tadi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, biznes-hamjamiyatlar o‘rtasidagi sheriklik, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining oshirilishi haqida fikr yuritishgan.

Muzokaralarda alohida e'tibor ikki tomonlama hamkorlik va ekologik muammolar bo‘yicha xalqaro shakldagi o‘zaro harakatlarni faollashtirishga qaratildi (suv xo‘jalik masalalari va cho‘llanish bilan kurash). Shuningdek sayyohlik sohasi, gumanitar, ilmiy va sport sohalardagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.

Davlat rahbarlarining ta'kidlashicha, Turkmaniston va O‘zbekiston dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha yaqinlik yoki yondashuvlarning o‘xshashligi bilan ham ajralib turadi. Bu mintaqada barqarorlik va rivojlanishni ta'minlash bo‘yicha sa'y-harakatlarni birlashtirish yo‘lida muhim jihat bo‘lishi mumkin.

«O‘g‘uzxon» prezident saroyi majmuasidagi muzokaralar yakuni bo‘yicha «Saljuq xon» zalida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Top