15:45 / 06.03.2017
19152

Dunyodagi eng qimmatbaho uy - osma bog‘lar - 168 avto uchun turargoh... (video-suratlar)

Dunyodagi eng qimmatbaho uy Mumbay (Hindiston) shahrida joylashgan. "Layf" ushbu uy haqidagi ma'lumotlar va uning video hamda suratlari bilan bo‘lishdi.

Inshoot balandligi - 173 metr. Osmono‘par binoni bemalol 60 qavatli qilsa bo‘lardi, biroq me'morlar buning o‘rniga "baland shiftlar"ni afzal ko‘rishdi. Maydoni - 37 ming kvadrat metr. 

Inshoot qurilishi 2010 yilda tugallangan. Turli baholarga ko‘ra, u buyurtmachiga 2 milliard dollar atrofidagi summaga tushgan. Umuman olganda, birgina oila uchun bunyod etilgan bu binodan tashqariga chiqmasa ham bo‘ladi. U 8 magnitudagacha bo‘lgan zilzilaga bardoshlidir. Avtomobil turargohi 168 mashinani o‘ziga sig‘dira oladi. Yettinchi qavatda shaxsiy avtoservis joylashgan. 

Bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun 50 kishiga mo‘ljallangan teatr muntazir. Shuningdek bu yerda spa-salon, suzish havzalari, osma bog‘lar va jismoniy mashq bilan shug‘ullanish zali mavjud. 

Uyga afsonaviy arvoh-orol Antiliya nomi berilgan, uning Atlantika okeanida joylashgani taxmin qilinadi. 

Xususiy osmono‘par inshoot ishbilarmon Mukesh Ambani uchun barpo etilgan. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, Forbes bu milliarderni dunyoning eng nufuzli kishilari ro‘yxatining 38-o‘rnida qayd etdi. Uning moliyaviy ahvoli 26,4 milliard dollarga baholanadi. Ambanining  Reliance Industries kompaniyasi neft-kimyo, neft va gaz sohalariga ixtisoslashgan. 

Mavzuga oid
Top