16:01 / 06.03.2017
5158

Xitoy inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan tanqidga uchramoqda

AQSh Tashqi ishlar departamentining 2016 yilda dunyo mamlakatlaridagi inson huquqlari bo‘yicha joriy yilning 3 mart kuni e'lon qilgan xulosasida Xitoydagi vaziyat yuzasidan ham ma'lumotlar taqdim etilgan bo‘lib, undagi ba'zi fikr va mulohazalar hozirda rasmiy Pekinning e'tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Xitoy Tashqi Ishlar vazirligi matbuot kotibi Gen Shuan, “AQShning inson huquqlari borasidagi bayonoti muddatidan ilgari chiqarilgan xulosalarga to‘la va unda mamalakatdagi vaziyat yuzasidan obektiv fikr bildirilmagan”, deb ta'kidlamoqda. Uning aytishicha, Xitoy so‘nggi yillarda bu sohada katta yutuqlarga erishgan.

Top