Xitoyning Guandun viloyatidagi Tszyanmin shahrida istiqomat qiluvchi quruvchi solga ekskavator o‘rnatdi va Sitszyan daryosini suzib o‘tmoqchi bo‘ldi.
“South China Morning Post” xabarida yozilishicha, u shu orqali ishgacha bo‘lgan yo‘lni qisqartirmoqchi bo‘lgan. Ammo daryo o‘rtasida mashina soldan og‘ib keta boshlagan. Ixtirochi ekskavator ichidan chiqishga ulgurgan, bir qancha vaqt o‘tib, qutqaruvchilar uni qirg‘oqqa olib chiqishgan.