21:44 / 06.03.2017
5411

Nigeriya o‘z fuqarolariga AQShga vaqtinchalik bormaslikni tavsiya qildi

Foto: AP

Nigeriya hukumati AQSh vizalariga ega bo‘lgan fuqarolari AQShga kiritilmagan bir nechta holatdan keyin o‘z fuqarolariga bu mamlakatga zarurat bo‘lmasa vaqtinchalik bormaslikni tavsiya qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.     

Nigeriya prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Abayk Dabiri-Ereva nigeriyaliklar "AQShning yangi migratsiya siyosati bo‘yicha aniqlik paydo bo‘lguncha safarlarni qoldirish haqida o‘ylab ko‘rishlari kerakligini" aytgan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp "AQShni terrorchilikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi farmonni imzolagandi. Unga ko‘ra, 7 ta musulmon davlat fuqarolariga AQShga kirish vaqtinchalik taqiqlangandi. Bu farmon AQShda ham, butun dunyoda ham turlicha qabul qilingan. Natijada bu farmon sud tomonidan bloklangan. Tramp ushbu qarorni sud tizimidagi "tartibsizlik va xaos" alomati deb baholagan. 

Top