07:09 / 07.03.2017
9133

Deputatlar bilan yuzma-yuz: jizzaxlik yordamga muhtoj bemorning muammosi hal etildi

Ayni kunlarda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”  doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining  hududlarda aholi bilan uchrashuvlari qizg‘in kechmoqda. 

Parlament vakillarining mamlakatimizning barcha   xonadonlariga tashrif buyurishib, aholining hayoti, turmush tarzini o‘rganishib, mavjud muammolarni joyida hal etish bo‘yicha samarali ishlar olib bormoqda. 

Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi mahallalarda davom etayotgan o‘rganish va tahlil jarayonlarida parlamentdagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi Alisher Qodirov ham ishtirok etmoqda. Xonadonlardagi  suhbatlar va uchrashuvlar fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga hamda jamiyatimizdagi o‘zgarishlarda faol bo‘layotganligini ko‘rsatmoqda.

Aholi bilan uchrashuvlar jarayonlarida aniqlanayotgan ayrim kamchiliklar bevosita joyida bartaraf etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, Uyas qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.Mirzayevning kasalligi jiddiy bo‘lib,  viloyat miqyosida tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyati yo‘q ekanligi aniqlandi. Oilaning nochor ahvolini hisobga olinib, ko‘rib chiqish va maslahat berish uchun Respublika Pulmonologiya Markazidan mutaxassis ajratish so‘raldi va masala ijobiy hal etildi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan o‘ttizdan ortiq yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun kredit olishga amaliy yordam ko‘rsatildi. 

Tumandagi uzoq muddat davomida elektr energiyasi ta'minoti o‘chishiga doir muammolar tahlil etilib, ushbu muammoni respublika darajasida hal etish zaruriyati aniqlandi va tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq deputatlik so‘rovi rasmiylashtirildi.

Top