23:02 / 07.03.2017
6305

XXR kompaniyasi AQShga deyarli 900 million dollar to‘laydi

Xitoyning telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi ZTE Corp. kompaniyasi Eronga mahsulot yetkazish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun AQSh hukumatiga umumiy hisobda 892 million dollardan ortiq pul to‘lashga rozi bo‘ldi. Amerika rasmiylari bu haqida telekonfekrentsiya rejimida o‘tgan jurnalistlar brifingida ma'lum qilishdi. 

Amerikalik amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy korporatsiyasi - o‘z sohasiga ko‘ra dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri - Texas shtatidagi sudda uch punkt bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarni tan oldi. U bilan kelishuvlar, yirik jarimalardan tashqari, kompaniyaning bir necha rahbarlarini ishdan bo‘shatishni ko‘zda tutadi. 

AQSh hukumatining ta'kidlashicha, ZTE Corp. Amerikada ishlab chiqarilgan komponentlarni Eronga noqonuniy eksport qilgan va buni yashirgan, shu jumladan tergov jarayonida ham. 

Amerika poytaxtida erishilgan kelishuv haqida AQSh Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Savdo vazirligi vakillari hamkorligida o‘tkazilgan brifingda e'lon qilindi. 

Top