11:39 / 07.03.2017
7026

Ibrahimovich va Mingsga nisbatan jazo tayinlandi

Angliya futbol assotsiatsiyasi "Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich va "Bornmut" himoyachisi Tayron Mingsga nisbatan jazo e'lon qildi. Bu haqda FA sayti ma'lum qildi. 

Futbolchilarga diskvalifikatsiya hamda moddiy jazo tayinlandi. 

Eslatib o‘tamiz, APLning 27-turida jamoalar o‘rtasidagi bahsda Mings gazonda yotgan Ibrahimovichning yuzini bosib o‘tgan, shved hujumchisi esa o‘yin davomida uning yuziga tirsagi bilan urgan edi.

Top