Britaniyaning Daily Mirror nashri RF prezidenti Vladimir Putinning og‘ir bolaligi haqida "Ko‘cha bezorisi: xarobadan chiqqan bosqinchi qanday qilib Rossiya prezidenti bo‘ldi" nomli maqolasini chop etdi.

Nashr muxbiri Endi Layns Peterburgda bo‘lg‘usi siyosatchi voyaga yetgan uyni topishga muvaffaq bo‘ldi va uning uzoq tanishi bilan muloqot qildi. Jurnalist Putinning "ko‘chalarda bandalar kezib, shafqatsiz ziddiyatlar oddiy hol bo‘lgan, bolalar esa ochlikdan o‘layotgan bir davrda" dunyoga kelganini ta'kidlagan.

Putinning yoshligi

"Bunday nochor sharoitda yashagan odamning bir kun kelib dunyoning eng badavlat va qudratli kishilaridan biriga aylanishiga ishonish qiyin", - deydi Daily Mirror muxbiri.

Britaniyalik muxbir Putinning ismini oshkor qilishni istamagan do‘stini topdi. U Daily Mirror'ga og‘ir sharoitlarda kechgan hayot qanday qilib bo‘lg‘usi prezidentning tabiatini charxlagani to‘g‘risida so‘zlab bergan.

"U shu ko‘chalarda yashashni o‘rgangan. Bu ayovsiz maktab edi - unda faqat eng kuchlilargina omon qolishi mumkin edi. Bu unga hamma narsaning iloji borligiga ishonish imkonini berdi", - deydi Putinning do‘sti.

Baskov tor ko‘chasi, 12. Shu uyning to‘rtinchi qavatida Putin yashagan. Foto: Daily Mirror
Vladimir Putinning Qora dengizdagi saroyi

Nashrning aniqlashicha, Putin yashagan kommunal kvartirada kalamushlar juda ko‘p bo‘lgan va ularni o‘ldirish yosh Volodyaning zimmasiga yuklatilgan.