16:57 / 07.03.2017
12971

Putin davlatga xiyonatda ayblanib qamalgan ayolni afv etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlatga xiyonatda ayblanib, 7 yil muddatga qamalgan Oksana Sevastidini afv etdi. Bu haqda huquqiy ma'lumotlar portalida keltirilgan farmonda ma'lum qilingan.

2016 yilning dekabrida Sochi shahrida istiqomat qiluvchi bu 46 yoshli ayol josuslik ko‘rinishida davlatga xiyonat qilganlikda aybdor deb topilib, jazoni umumiy koloniyada o‘tash sharti bilan 7 yillik qamoq jazosiga tortilgandi. Sud jarayoniga ayol tomonidan 2008 yilda yuborilgan 2 ta sms-xabar sabab bo‘lgan. Ayol 2015 yilda hibsga olingandi.

U o‘z qarindoshiga 2008 yili Krasnodar orqali Abxaziyaga tanklar yo‘l olgani haqida sms yozgani uchun 7 yil muddatga qamalgandi.

2016 yilning dekabrida Rossiya prezident matbuot anjumani vaqtida Sevastidiga chiqarilgan hukm «yetarlicha shafqatsiz» bo‘lgani haqida gapirgandi.

Top