Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanobodda O‘zbekistonning Birinchi Prezidentiga o‘rnatilgan yodgorlik ochib berildi
Turkmanobodda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga o‘rnatilgan yodgorlik ochildi. Turkmanistonning Libop viloyati ma'muriy markazining asosiy ko‘chalaridan biri ham uning nomi bilan ataladi. Yodgorlikning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda O‘zbekiston va Turkmaniston davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev hamda Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar qilmoqda.
Turkmaniston rahbari yig‘ilganlar oldida nutq so‘zlar ekan, Islom Karimovning o‘zbek-turkman davlatlararo munosabatlarini rivojlantirishdagi o‘rnini yuqori baholadi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentiga eng yaxshi yodgorlik – bu uning ishini munosib davom ettirishdir, degan Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov. U o‘zaro tushunishning yuqori darajasi, umumiy tarixiy ildizlar kelgusida ham amaliy davlatlararo hamkorlikning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

Davlat rahbarlari Islom Karimovga o‘rnatilgan yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.
Mavzuga oid
15:21 / 20.02.2026
2025 yilda O‘zbekiston bug‘doy uni importini qisqartirdi
06:00 / 19.02.2026
Prezident ikki tomonlama hujjatlarni imzolashga bag‘ishlangan marosim va qo‘shma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi
05:55 / 19.02.2026
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida investitsiya platformasi tashkil etiladi
05:43 / 19.02.2026