08:36 / 07.03.2017
23120

O‘zbekiston maktablarida ingliz tili bilan birga ikkinchi xorijiy til o‘rgatilishi mumkin

O‘zbekiston maktablarida chet tillarini o‘qitish masalasi qayta ko‘rib chiqiladi.

Xalq ta'limi vazirligi joriy yilning fevral oyida hududlardagi boshqarmalariga tavsiyalar jo‘natgan bo‘lib, ularda nafaqat ingliz, balki boshqa xorijiy tillarni o‘rganishga ham e'tibor qaratish zarurligi aytiladi. Bu haqida Fledu nashri xabar bermoqda.

Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining 94 foizi ingliz tilini o‘rganmoqda. Muassasa yangi o‘quv yilidan boshlab, umumta'lim va ixtisoslashgan maktablarda, shuningdek, maktab-internatlarda (beshinchi sinfga boradigan o‘quvchilar uchun) ingliz tiliga qo‘shimcha ravishda ikkinchi chet tili tariqasida nemis, fransuz, koreys, xitoy, yapon, arab, fors, hind va boshqa xorijiy tilllarni joriy qilishni taklif etmoqda. 

Xalq ta'limi boshqarmalari mart oyi o‘rtalariga qadar, mamlakatdagi har bir maktabning ikkinchi chet tilini joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilib chiqishi va bu haqda vazirlikka hisobot berishi kerakligi to‘g‘risida ham axborot tarqatilgan.

Top