12:27 / 07.03.2017
5612

Video: Avstraliyalik basketbolchi NBA jamoasidagi debyut uchrashuvida oyog‘ini sindirib oldi

Avstraliyalik sportchi Endryu Bogut Milliy basketbol uyushmasi (NBA) ishtirokchisi «Klivlend Kavalers» jamoasi safidagi ilk o‘yinida og‘ir jarohat oldi. Uning o‘ng oyoq suyaklari singan.

«Mayami Hit» jamoasiga qarshi o‘yinning ikkinchi choragi boshida Bogut raqiblar vakili Okaro Uayt bilan to‘qnashgan va maydonni jamoadoshlariga suyangancha tark etishga majbur bo‘lgan. Bu vaqtda avstraliyalik sportchi yangi jamoasida endigina 58 soniya o‘tkazishga ulgurgandi. Uchrashuv «Mayami Hit»ning 106:98 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Avstraliyalik basketbolchi 3 mart kuni «Klivlend» a'zosiga aylangandi. Bunga qadar ushbu 32 yoshli sportchi «Dallas Maveriks» safida o‘ynagan.

 

Mavzuga oid
Top