13:10 / 07.03.2017
21526

Jalolobodda mudhish fojia: erkak turmush o‘rtog‘i va o‘g‘lini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Qirg‘izistonlik fuqaro rafiqasi va o‘g‘lini o‘ldirdi, so‘ngra o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Mahkama ma'lumotiga ko‘ra, Jalolobod viloyatining So‘zak tumani IIB bu holat yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.

6 mart kuni taxminan 15.30larda IIBga jinoyat haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi, IIB va prokuratura rahbariyati chiqqan.

Ko‘chani ko‘zdan kechirish jarayonida, uy yonida uning egasi, rafiqasi, uyning o‘zidan esa 10 yoshli o‘g‘il bolaning jasadi aniqlandi. Barchada pichoq tufayli yetkazilgan jarohatlar izlari topilgan.

Bundan tashqari, hududiy kasalxonaga erkakning 19 yoshli qizi jiddiy jarohatlar bilan olib ketilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uy egasi doimiy ravishda O‘sh viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolangan. U Afg‘onistonda harbiy xizmatni o‘tagan hamda u yerda boshidan jarohat olgan.

Jinoyatdan bir kun avval – 5 mart kuni oilada janjal yuz bergan. Ertasi kuni ertalabdan erkak masjidga chiqib ketgan. Taxminan 15.00da qaytib kelgan hamda janjal oqibatida rafiqasi, o‘g‘li va qiziga pichoq bilan jarohat yetkazgan, so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasi JKning 97-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Mavzuga oid
Top