20:31 / 08.03.2017
12619

Buyuk Britaniya davlat qarzi 1,7 trln funt sterlingni tashkil qilmoqda

Buyuk Britaniya davlat qarzi 1,7 trln funt sterlingni tashkil qilmoqda, deb ma'lum qildi mamlakatning g‘aznachilik (moliya vaziri) kansleri Filip Xammond.

"1,7 trln funt sterlinglik qarz, bu esa har bir uyga 62 ming funt sterlingni tashkil qiladi. Qarz miqdori hamon juda yuqori, davlat uni kamaytirish uchun barcha ishni amalga oshiradi", deb aytdi vazir.   

8 mart kuni Xammond Britaniya parlamenti quyi palatasiga byudjyet loyihasini taqdim qildi. Bu byudjyet loyihasi Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha referendumdan keyin tayyorlangan birinchi byudjyet loyihasi bo‘ldi. Hujjatga ko‘ra, Britaniya iqtisodiyoti Brexit’ga qaramasdan, o‘sish davriga kirgan, vaholanki o‘tgan yil noyabrda Byudjyet javobgarligi byurosi (Britaniya hukumatiga byudjyet tuzilishida maslahat beruvchi tashkilot) vaziyatning yomonlashishini prognoz qilgandi.

Xammondning aytishicha, Buyuk Britaniya iqtisodiyoti o‘sishi Brexit tufayli bildirilgan salbiy prognozlarga qaramasdan, 2017 yilda prognoz qilingan 1,4 foiz o‘rniga 2 foizni tashkil qiladi.

"Britaniya iqtisodiyoti AQSh, Fransiya iqtisodiyotidan ko‘ra ko‘proq o‘sgan. Buyuk Britaniya iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Germaniyadan keyin ikkinchi o‘rinda", deb aytgan Xammond.  

Prognozlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya iqtisodiyoti o‘sishi 2018 yilda 1,6 foizni, 2019 yilda 1,7 foizni tashkil qiladi. Mamlakat 2 foizlik o‘sishga 2021 yilda qaytadi.

2017 yilda Buyuk Britaniyada inflyatsiya darajasi 2,4 foiz, 2018 yilda 2,3 foiz va 2019 yilda 3,0 foizni tashkil qilishi prognoz  qilinmoqda.

Mavzuga oid
Top