17:08 / 08.03.2017
5648

Davlat raqobat qo‘mitasi raisi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti vakillari bilan uchrashdi 

2017 yilning 7 mart kuni Davlat raqobat qo‘mitasi raisi D.Xidoyatov Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti delegatsiyasi vakillarini qabul qildi. Bu haqda Kun.uz’ga qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi zamonaviy tendensiyalarni shakllantirishdagi tashkilotning roli haqida ma'lumot berildi.

Hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida tashkilot mutaxassislari tomonidan mamlakatni kuzatishlar asosida tahlil qilish belgilandi. Hamkorlikning boshlang‘ich davrida ushbu kuzatishlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida kadrlar salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan ma'lumotlarni Qo‘mita xodimlarini monopoliyaga qarshi tartibga solishning eng zamonaviy uslublariga o‘qitish orqali almashish, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ekspertlarini raqobatni yaxshilash sohasidagi normativ-huquqiy aktlarni ishlab chiqish va yaxshilash uchun jalb etish, o‘zbek mutaxassislarining tashkilot tomonidan o‘tkaziladigan raqobat bo‘yicha Global forumlardagi ishtiroki, shuningdek tashkilot mutaxassislarini jalb etgan holda qo‘shma mintaqaviy biznes-forumlarni tashkil etish kabilar belgilandi.

Hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri – xodimlar, jumladan monopoliyaga qarshi tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rish chiqish bilan shug‘ullanuvchi yuristlar malakasini oshirishdir.

Mavzuga oid
Top