13:33 / 08.03.2017
7310

Qoraqalpog‘istonda talon-taroj qilingan 6,5 million so‘mlik moddiy-tovar boyliklar egalariga qaytarildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan xo‘jalik obektlarini hamda fuqarolar xonadonlarini qo‘riqlovga olish maqsadida, shahar va tumanlar hududida “Soqchi” tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida»gi 18-sonli farmoyishiga asosan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Bu haqda Kruz.uz QR IIV xuzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari mayor T.Berdaxovga asosan xabar berdi.

Tadbir boshidan shahar va tuman IIB huzuridagi qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik va boshqa har xil turdagi obektlarda hamda ko‘p qavatli aholi turar-joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik jinoyatlarining oldini olish maqsadida texnik qo‘riqlash punktlari qo‘riqloviga topshirish afzalliklari to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi. 

Olib borilgan ishlar natijasida qo‘riqlash xizmatiga 17ta obekt va 10ta fuqaro xonadonlari qo‘riqlovga olindi hamda xalq xo‘jaligi obektlarida 62ta mayda talon-tarojliklar sodir etilishi holatlari aniqlanib, 6 million 443 ming 850 so‘mlik moddiy-tovar boyliklar mulk egalariga qaytarildi va mayda o‘g‘irliklarni sodir etgan shaxslarga ma'muriy tartibda jami 3 million 559 ming 657 so‘mdan ortiq jarimalar solindi.

Top