09:27 / 08.03.2017
7275

Panamaning sobiq diktatori o‘lim yoqasida

Panamaning sobiq diktatori Manuel Norega o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin og‘ir ahvolda qolmoqda. Bu haqda uning qizi Tais ma'lumot bergan.

Estrella de Panama xabariga ko‘ra, sobiq diktatorning miyasidagi o‘simtani olib tashlash uchun jarrohlik amaliyoti Panama shahridagi Santo Tomas shahrida o‘tkazilgan. Amaliyotdan so‘ngda unda qon ketish holati kuzatilgan.

Norega 1990 yilda AQSh Panamaga kirgach, qo‘lga olingandi. U 1992 yilda firibgarlik va poraxo‘rlikda ayblanib, 40 yilga qamaldi. Keyinroq yaxshi xulqi uchun uning muddati avval 30 yilga, keyinroq 17 yilu 6 oyga tushirilgandi. Shundan so‘ng uni qamoq muddatini o‘tash uchun Fransiyaga jo‘natishdi, keyinroq Panamaga qaytarilgandi.

Mavzuga oid
Top