07:58 / 08.03.2017
3590

Tayvan sohillari yaqinida 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi

8 mart kuni Tayvan oroli sohillaridan sharqqa tomon 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Tayvanning markaziy meteorologik byurosi ma'lum qildi. 

Zilzilalar mahalliy vaqt bilan soat 6.10da (Toshkent vaqti bilan 3.10da) Ilan uyezdidan 63,7 km uzoqlikda qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i 41,6 km yer ostida bo‘lgan. 

Jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida ma'lumot berilmagan.

Mavzuga oid
Top