10:10 / 09.03.2017
6087

AQSh va Meksika chegarasidan o‘tuvchi noqonuniy muhojirlar soni kamaydimi?

Foto: AP

AQSh chegara-bojxona xizmati Amerika va Meksika chegarasidan kesib o‘tgan noqonuniy muhojirlar soni Donald Tramp prezident lavozimida ishlagan bir oy davomida 40 foizga kamayganini xabar berdi. Bu haqda RIA «Novosti» yozmoqda.

Mahkamadan ta'kidlashlaricha, yanvar oyida AQShning janubi-sharqiy chegarasida 31,5 ming kishi qo‘lga olingan bo‘lsa, fevralda – 18,7 mingdan ko‘proq. Xabar qilinishicha, fevral oyida odatda 20 foizga ko‘proq noqonuniy muhojirlar qo‘lga olinar edi.

Avvalroq AQSh ichki xavfsizlik vaziri Jon Kelli mamlakat Meksika va AQSh chegarasidan noqonuniy ravishda kesib o‘tayotgan onalar va bolalarni bir-biridan ajratishi mumkinligi haqida gapirgandi.

Mavzuga oid
Top