00:01 / 09.03.2017
13247

Dog‘istonda politsiyachi o‘z hamkasblarini o‘qqa tutdi

Foto: RIA

Dog‘istonning Qizilyurt shahridagi politsiyachi o‘z hamkasblarini o‘qqa tutdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qilmoqda.   

Voqea 7 mart kuni Qizilyurtdagi kafelardan birida yuz bergan.

"Yo‘l-patrul xizmati xodimi yuzaga kelgan nizo sababli o‘z hamkasblariga o‘q uzgan. Oqibatda 3 politsiyachi shifoxonoga yetkazilgan", deb aytgan bir manba.

Ta'kidlanishicha, politsiyachilar o‘rta og‘irlikdagi jarohatlar olganlar, ularning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.  

Ushbu voqea yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top