10:41 / 09.03.2017
11458

Emeri o‘yindan keyin: “Hakam qarorlari “PSJ”ga qarshi qaratildi”

«PSJ» bosh murabbiyi Unai Emeri Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida «Barselona» bilan o‘yindagi mag‘lubiyat (1:6) haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Fransiyaliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

«Ro‘y bergan voqeani tahlil qilsak, biz ajoyib imkoniyatni qo‘ldan chiqarganimizga ishonch hosil qilish mumkin. Birinchi bo‘limda ro‘y bergan holat – bizning aybimiz va bosim o‘tkaza olmadik hamda to‘p bilan harakatlanishda ko‘p xato qildik.

Juda chuqur himoyalandik va raqibda ko‘plab golli vaziyatlar bo‘ldi. Birinchi bo‘limda o‘tkazib yuborilgan har ikki to‘p – xatolarimiz natijasi. Ikkinchi taymda ancha xotirjam harakat qildik, pozitsiya nuqtai nazaridan yaxshi o‘ynadik. Hisobni 2:3 ko‘rinishiga ham olib kelishimiz mumkin edi. Hakamlar qarori bizga qarshi qaratildi va so‘nggi daqiqalarda mag‘lub bo‘ldik. "Barselona" bunga qodir. O‘yin oxiri “Hammasi yoki hech nima” shiori ostida o‘tdi. Men va klub uchun bu salbiy tajriba. Biz bundan xulosa chiqarishimiz kerak», - deya Emerining so‘zlarini keltiradi UYeFA matbuot xizmati.

Top