19:24 / 10.03.2017
18946

AQShda shamol kichik yoshli qizchani uchirib ketdi

Amerikaning Ohayo shtatida joylashgan Lindxerst shahrilik to‘rt yoshli qizcha “Oz mamlakati sehrgari” qahramoni Dorotining harakatlarini takrorlashiga bir baxya qoldi. Uni kuchli shamol uchirib ketgan. Yosh Medison Gardnerning “parvozi” tasvirlangan video Facebook’da uning ota-onasi tomonidan taqdim etildi.

Uyda o‘rnatilgan videokuzatuv kamerasi qizcha kirish eshigiga yaqinlashgani va dastakni ushlamoqchi ekanini qayd etdi. Shu paytda eshik kutilmaganda ochilgan hamda qizcha u bilan birga uchib ketdi.

Ota-onasi qizlariga yordam berishga oshiqqan va u jarohat olmaganiga ishonch hosil qilishdi. Medisonning o‘zi esa videoni ko‘rib kulib yuborgan. Qizchaning ota-onasi videoga "Come Fly with Me" ("Men bilan parvoz qil") qo‘shig‘ini biriktirib qo‘yishgan.

Videoga qoldirilgan izohlarda qizcha kelajakda uchuvchi yoki fazogir bo‘lishi mumkinligini aytishdi, biroq ota-onasi u hozircha faqatgina Disney malikalari bilan qiziqayotganini ma'lum qilgan.

Mavzuga oid
Top