Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR OAV Pak Kin Xeni ag‘darilgan prezident deb atamoqda
Foto: AP
Shimoliy Koreya OAV janubiy qo‘shnisining Konstitutsiyaviy sudi chiqargan qaror xususida zudlik bilan xabar tarqatdi. Koreya respublikasi Konstitutsiyaviy sudi prezident Pak Kin Xega nisbatan joriy qilingan impichmentni ma'qullagan edi. KXDR markaziy telegraf agentligining qayd etishicha, Pak Kin Xe, endilikda, oddiy fuqaro sifatida sud oldida javob beradi.
"Vakolat muddati tugashiga bir yil qolganda ag‘darilgan Pak Kin Xe o‘z qilmishlari uchun oddiy jinoyatchilar singari javob beradi", - deb ta'kidlagan axborot agentligi.
Rodong Sinmun markaziy gazetasi, o‘z navbatida, ta'kidlashicha, Koreya respublikasining ayrim vakillari "Janubiy Koreya xalqining Pak Kin Xeni ag‘darish bo‘yicha birlashgan choralari qarshisida ojiz qolishgan".
Rasmiy Seul ma'muriyati esa Pak Kin Xening hokimiyatdan batamom chetlashtirilishi mamlakatning KXDR bilan munosabatlariga ta'sir ko‘rsatmasligini ma'lum qildi. "Konstitutsiyaviy sud qaroriga qaramay, Birlashish vazirligi Shimoliy Koreyaga nisbatan joriy siyosatni davom ettiradi", - degan vazirlik vakili.
Koreya milliy mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya qurolli kuchlari prezident Pak Kin Xening batamom iste'foga chiqqani munosabati bilan yuqori harbiy shaylik holatiga keltirilgan.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
09:03 / 15.12.2025
Prokuror: Janubiy Koreya sobiq prezidenti KXDRni tajovuzga undamoqchi bo‘lgan
12:24 / 18.11.2025
KXDR: Seul uchun suvosti kemalari mintaqada "yadroviy domino"ni keltirib chiqaradi
18:21 / 10.11.2025