09:17 / 10.03.2017
5984

«Krasnodar» so‘nggi lahzalarda «Selta»ga mag‘lub bo‘ldi

«Krasnodar» Yevropa Ligasi 1/8 finalining ilk bahsida Ispaniyada «Selta»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

«Selta» ikkinchi bo‘lim boshlanganidan besh daqiqa o‘tib hisobni ochdi, Vass to‘p kiritdi. «Krasnodar» 56-daqiqada - Viktor Klassonning golidan so‘ng hisobni tenglashtirdi. 90-daqiqada Klaudio Bovyu boshi bilan zarba berib mezbonlarga g‘alaba keltirgan to‘pni kiritdi.

«Krasnodar» va «Selta» o‘rtasidagi javob bahsi 16 mart kuni Krasnodarda bo‘lib o‘tadi.

Selta Ispaniya – Krasnodar Rossiya 2:1 (0:0, 2:1)

Gollar: 1:0 – 50 Vass, 1:1 – 56 Klasson, 2:1 – 90 Bovyu.
Selta – Alvares, Malo, Kabral, Fontas, Kastro, Vass (Xosabed, 70), Radoya, Dias, Aspas, Gvidetti (Bovyu, 78), Sisto.
Krasnodar – Kritsyuk, Martynovich, Naldo, Grankvist, Ramires, Gazinskiy, Podberezkin (Mamayev, 75), Pereyra, Jigulev (Torbinskiy, 83), Klasson, Vanderson (Laborde, 78).
Ogohlantirish: Klasson (24).

Mavzuga oid
Top