Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul: Mitinglar vaqtida Pak Kin Xening 2 tarafdori halok bo‘ldi
Seulda mamlakatning sobiq prezidenti Pak Kin Xe tarafdorlari va unga qarshi bo‘lgan kuchlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar kelib chiqishi davomida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.
NHK telekanali xabariga ko‘ra, Konstitutsion sud prezidentning impichmenti haqidagi qarorini ma'qullagani e'lon qilingach, uning tarafdorlari jurnalistlarga hujum qilgan va politsiya bilan to‘qnashgan.
Xabar qilinishicha, qurbonlardan biri 72 yoshli erkak bo‘lib, u sud binosi oldida politsiya avtobusi ostiga yiqilib tushgan va olingan ko‘plab jarohatlar tufayli jon bergan.
Ikkinchi qurbon shaxsi haqida ma'lumotlar keltirilmagan.
Shuningdek, namoyishchilar jurnalistlarga hujum qilib, ularning kameralarini sindirib tashlamoqda, Yaponiyaning Kiodo agentligi muxbirlaridan biri kaltaklangan.
Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi bugun 2016 yil 9 dekabrda yirik korrupsiya mojarosi fonida mamlakat parlamenti tomonidan prezident Pak Kin Xega nisbatan e'lon qilingan impichmentni tasdiqladi.
Mavzuga oid
09:11 / 30.10.2025
Rigada Istanbul konvensiyasidan chiqishga qarshi miting bo‘lib o‘tdi
10:01 / 30.08.2025
Toshkentdan Seulga uchadigan samolyot uchib ketish aeroportiga qaytarildi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
18:34 / 01.05.2025