Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvartsenegger senator bo‘lmoqchi
Hollivudlik aktyor, Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori Arnold Shvartsenegger kelajakda AQSh yuqori palatasiga o‘z nomzodini qo‘yishi mumkin, deb xabar bermoqda Politico.
Nashrning Kaliforniyada Respublikachilar partiyasi bilan aloqador bo‘lgan manbalari ma'lumotiga ko‘ra, Shvartsenegger 2018 yilda bu ishni amalga oshirishi mumkin.
Shvartsenegger har doim respublikachilar tarafdori bo‘lib kelganiga qaramay, senator lavozimiga mustaqil nomzod sifatida da'vogarlik qilishi mumkin.
Manbalardan birining ta'kidlashicha, Shvartsenegger AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp siyosiy kursiga qarama-qarshi bo‘lgan dasturni taklif etishi ehtimoli bor.
Aktyorning rasmiy vakili Daniela Ketchell esa “Biz bu maqsadga erishish uchun barcha variantlarni ko‘rib chiqamiz” deya ma'lum qildi.
Mavzuga oid
23:20 / 15.01.2026
Grenlandiyani AQShdan himoya qilishning uchta varianti bor – The Economist
22:40 / 15.01.2026
AQSh Meksikadan narkokartellarga qarshi reydlar o‘tkazishga ruxsat olmoqchi
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi – OAV
21:29 / 15.01.2026