Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya Qurolli kuchlari jangovar shay holatga keltirildi
Janubiy Koreya Konstitutsion sudi prezident Pak In Xeni impichment qilish qarorini ma'qullagach, mamlakat Qurolli kuchlari KXDR tomonidan ig‘voli harakatlar sodir etilishi ehtimoli yuzasidan jangovar shay holatga keltirilgan. Bu haqda Yonhap agentligi harbiy manbaga asoslangan holda xabar tarqatdi.
«Milliy Mudofaa vazirligi va Birlashuv qo‘mitasi shtabi boshliqlari barcha harbiy xizmatchilarga monitoringni kuchaytirish va Shimoliy Koreya tomonidan kelishi mumkin bo‘lgan xavfga tayyor turishga buyruq berdi», — deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, hozircha KXDR tomonidan Janubiy Koreyadagi voqealarga biron reaksiya bildirilmagan.
Bundan oldinroq Yaponiya Janubiy Koreyaning yangi ma'muriyati bilan hamkorlik qilishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.
10 mart kuni Janubiy Koreya Konstitutsion Sudining barcha 8 a'zosi parlamentning Pak Kin Xeni impichment qilish haqidagi qarorini ma'qulladi. U mamlakat demokratiya yo‘liga o‘tganidan buyon lavozimidan chetlatilgan ilk prezidentga aylandi.
Endilikda 60 kun ichida mamlakatning yangi prezidentini saylash uchun saylov o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
18:16 / 26.12.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidentiga 10 yillik qamoq jazosi so‘raldi
09:03 / 15.12.2025