09:55 / 11.03.2017
5645

Iroq bosh vaziri fuqarolarni mamlakatga qaytishga chaqirdi

Foto: Bild

Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodi mamlakatdan chiqib ketgan va Germaniya hududidan boshpana topgan fuqarolarni Iroqqa qaytishga chaqirdi. Buning sababi, Iroqda IShID terrorchilik guruhi bilan kurash o‘z yakuniga yetishiga oz qoldi. Bu haqda siyosatchi Bild gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

"Mo‘sulda harbiy harakatlar yaqinda tugaydi. Shaharning g‘arbiy qismi markaziga yetib borishimizga oz qoldi, amaliyot juda omadli o‘tmoqda, - dedi bosh vazir. – Biz fuqarolarimiz mamlakatni majburan tark etishi va qochqinlarga aylanishini istamaymiz hamda qator viloyatlarni yashash uchun yaroqli joylarga aylantirmoqdamiz".

Siyosatchi nemis jurnalisining savoliga javob qaytarar ekan, "Ular qaytishi lozim. Bu bizning manfaatimizga mos keladi" deya aytib o‘tdi.

Germaniya IIV ma'lumotiga ko‘ra, mamlakat hududida Iroqdan bo‘lgan taxminan 130 ming qochqin bor.

Iroqning kattaligi jihatidan ikkinchi shahri va IShIDning bosh “qo‘rg‘oni” sanalgan Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha kampaniya o‘tgan yilning 17 oktabr kuni boshlandi. Yanvar oxiriga kelib Sharqiy Mo‘sul hukumat nazorati ostiga o‘tdi, 19 fevral kuni esa al-Obodi shaharning g‘arbiy mavzelariga hujum qilishga topshiriq berdi.

Joriy hafta boshida Iroq hukumat kuchlari otryadlari G‘arbiy Mo‘sulning markaziy mavzelaridagi hukumat binolari egallanganini ma'lum qildi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, jangarilar IShID rahbariyatidan Mo‘suldan darhol chiqib ketish va Raqqaga yo‘l olish haqida topshiriq olishgan. 

Mavzuga oid
Top