13:49 / 11.03.2017
11622

Qoraqalpog‘istonda necha nafar fuqaro «pasport-viza» tizimi qoidalarini buzgani aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 23 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-4117 sonli hamda 2011 yil 5-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-4262 sonli Farmonlari talablarining bajarilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV barcha shahar va tuman IIB pasport bo‘linmalarida fuqarolardan biometrik ma'lumotlarini yig‘ish uskunalari qurilgan bo‘lib, har kuni fuqarolarni biometrik pasportlar bilan hujjatlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda QR IIV XChK va FRB boshlig‘i B.Utepov xabar bermoqda, deb yozadi Kruz.uz nashri.

2017 yil 2 oy davomida respublika bo‘yicha 26 ming 522 nafar fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasportlari rasmiylashtirilib berildi.

2017 yilning 2 oyi davomida pasport tizimini mustahkamlash bo‘yicha o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida respublika bo‘yicha jami – 66 ming 41 davlat tasarrufidagi va shaxsiy obektlar tekshirildi.

Tekshiruvlar mobaynida 1120 nafar «pasport-viza» tizimi qoidalarini buzgan shaxslar aniqlangan bo‘lib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan, qoidabuzarlarning 108 nafari doimiy yoki vaqtinchalik qayd etilmagan, 1006 nafari haqiqiy hisoblanmagan pasport va yashash guvohnomalari bilan yashayotgani, 1 shaxsining viza muddati tugagani, 5 nafari vizasiz yashayotgani aniqlandi.

Qoidabuzarlardan jami 427 million 705 ming 470 so‘m 50 tiyin miqdorida davlat hisobiga jarima undirildi.

Ushbu pasport tizimi qoidalarini buzgan shaxslarning 112 nafari ogohlantirilgan, 991 nafari jarimaga tortilgan.

Pasport tizimini buzgan 4 nafar xonadon egalari jarimaga tortildi.

Top