18:13 / 11.03.2017
12036

Rossiyalik jurnalist Qirg‘izistondan chiqarib yuborildi

Foto: Regnum

Regnum axborot agentligining Qirg‘izistondagi bosh muharriri Grigoriy Mixaylov ushbu mamlakatdan chiqarib yuborildi, deb xabar bermoqda nashr.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, polkovnik unvoniga ega bo‘lgan militsiya xodimi va fuqarolik kiyimidagi ikki shaxs uni ko‘chada hujjatlarini tekshirish maqsadida to‘xtatishgan. Tekshiruv jarayonida rossiyalik fuqaroning ro‘yxatdan o‘tish muddati sanasi o‘tib ketgani aniqlangan. Bunday qoidabuzarlik odatda 10 ming som miqdoridagi jarimaga sabab bo‘ladi. Biroq Mixaylovga tushuntirishlaricha, normativ hujjatlardagi o‘zgarishlar tufayli, militsiyaga bunday qoidabuzarlikni aniqlansa, fuqaroga chegara punktiga qadar hamrohlik qilish majburiyati yuklatilgan – bunda u mamlakat hududiga takroran kiradi va ro‘yxatini yangilaydi. Bishkek va chegara o‘rtasidagi masofa esa 25 kilometrga teng.

Shu bilan birga, militsiya xodimlari jurnalistning uyiga birga borishib, u yerga kirishga urinishgan, muharririyat tarkibi, REGNUM axborot agentligi ish uslubi va mamlakatdagi asosiy siyosiy voqealar haqida uning fikri bilan qiziqishgan.

Grigoriy Mixaylovni «Leksus» xizmat avtomobilida chegaragacha olib borishgan va Qozog‘iston hududida tushirishgan. Biroq pasport nazoratidan o‘tish chog‘ida aniqlanishicha, Mixaylovning nomi Qirg‘iziston hududiga kirishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lgan. Shu bilan birga, jurnalistga hech qanday qog‘ozlarni taqdim etishmagan. Shuningdek aynan qaysi idora yoki tuzilma uni bu ro‘yxatga kiritgani yuzasidan ham tushuntirish berilmagan. Mixaylovga barcha savollar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakat IIVga murojaat qilish taklif etildi.

Qirg‘iziston prezidenti OAVni tuhmat va vaziyatni beqarorlashtirishda aybladi

Mavzuga oid
Top