08:50 / 12.03.2017
4217

Xitoyda 2016 yilda 3 mingga yaqin odam korrupsiya ayblovi bo‘yicha jazolandi

Foto:Fotolia/ liondw

Xitoy sudlari 2016 yilda korrupsiya ayblovi bo‘yicha 2 ming 862 kishiga jazo hukmi chiqargan. Bu haqda Xitoy Oliy xalq sudining ishchi ma'ruzasida aytib o‘tildi. 

"Sinxua" axborot agentligining ma'lum qilishicha, Xitoy sud organlari 2016 yilda korrupsiya bilan bog‘liq 45 mingta ishni ko‘rib chiqqan. Bu ishlar bo‘yicha 49 ming fuqaro o‘tgan. Jumladan, ayblanuvchilar orasida viloyat darajasidagi 35 sobiq amaldor va okrug darajasidagi 240 amaldor bo‘lgan.  

15 mingta ish bo‘yicha 2862 kishi poraxo‘rlik va byudjyet mablag‘larini suiste'mol qilish bo‘yicha jazolangan.

Ma'lum qilinishicha, shuningdek 2016 yilda 47 ming 650 kishi lavozimi bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, tergov qilingan. Ular orasida viloyat va undan yuqori darajadagi 48 sobiq amaldor bo‘lgan.

Xitoy prokuraturasining ta'kidlashicha, hukumat qochoq poraxo‘rlarni tutishda va ular tomondan olib chiqib ketilgan mablag‘larning qaytarilishida ham anchagina muvaffaqiyatga erishgan. 

Top