17:24 / 12.03.2017
12379

Kremlda Trampni juda pragmatik inson deb atashdi

Foto: AP

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh prezidenti Donald Trampning RF va AQSh o‘rtasidagi muloqot zarurati haqida gapirish uchun yetarlicha pragmatik inson ekanini aytdi. Bu haqida u CNN'ga bergan intervyusida ma'lum qildi. 

"Aslida suhbat istiqbolli edi, u juda pragmatik inson, men prezident Trmapni nazarda tutyapman. U ko‘p jihatlarda Rossiya bilan hamfikr emasligini yashirmayapti, lekin u bizning muloqotga kirishimiz, umumiy pozitsiyalarni izlash uchun pozitsiyalarimizni taqqoslashamiz kerakligini tushunish uchun yetarlicha pragmatik inson", - dedi Peskov. 

Peskov afsuski, hozircha bu muloqot qachon boshlanishi mumkinligi haqida hech qanday kelishuv yo‘qligini ma'lum qildi.

Mavzuga oid
Top