19:03 / 12.03.2017
5399

Nigeriya "Boko haram"dagi 211 nafar asirini ozod qildi

Foto: AP

Nigeriya hukumat qo‘shinlari mamlakat shimoli-sharqi Bono shtatidagi "Boko haram" radikal guruhi jangarilari tomonidan asirlikka olingan 211 nafar tinch aholini ozod qilishdi. Bu haqida 12-mart, yakshanba kuni "Sinxua" agentligi xabar berdi. 

"22-brigada qo‘shinlari shanba kuni "Lafia Dovul" operatsiyasi davomida Singal Muri va Mayya qishloqlari aholisini qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi, - deya ma'lum qildi Afrika mamlakati harbiy kuchlarining  rasmiy vakili Soniy Usmon. - Operatsiya doirasida bir jangari yo‘q qilindi, shuningdek Mala Mayya aholisiga oziq-ovqat tomonidan yordam beruvchi tashkilotga tegishli ikki og‘ir yuk mashinasi va 18 pikap tortib olindi. 

"Boko haram" - Nigeriyaning shimoli va shimoli-sharqida harakatlanuvchi islomiy guruh. Uning jangarilari Niger, Kamerun va Chadga ham hujum uyushtirishadi. Radikal tashkilot Nigeriya hududida islom xalifatini tashkillashtirish va shariat qonunlarini o‘rnatishni maqsad qilgan. Guruh G‘arb ta'limi, demokratiya va hukumat taqsimlanishi, shuningdek begona madaniyatga qarshi kurashadi. 

Mavzuga oid
Top