00:11 / 12.03.2017
20702

«Real» va «Barselona» ishtirokidagi yana bir to‘qnashuv muddatiga oydinlik kiritildi

Ispaniyaning ikki yetakchi jamoalari «Real» va «Barselona» kelayotgan yozda AQShda o‘zaro o‘yin o‘tkazadi. Bu haqda madridliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, «El-klasiko» 29 iyul kuni AQShda, Mayamidagi «Hard Rok stedium» arenasida bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv International Shampions cup musobaqasi doirasida kechadi.

Qizig‘i, bu 1991 yildan buyon «Barselona» va «Real» jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘ladi.

Top