17:13 / 12.03.2017
17113

«Toshkent tramvayi»ning mol-mulklari sotuvga qo‘yildi

«Toshkent tramvayi» unitar korxonasining bino va inshootlari auksion savdosiga qo‘yildi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ saytida xabar qilingan.

Ochiq auksion savdosiga Toshkent shahri, Lutfiy ko‘chasi, 57-uyda joylashgan bino va inshootlar (boshlang‘ich bahosi 25 596 052 427 so‘m) va Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi, 40-uyda joylashgan bino va inshootlar (boshlang‘ich bahosi 9 025 062 970 so‘m) qo‘yildi.

Auktsion savdosi 2017—yil 4 aprel kuni soat 12:00 da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 2 mayida Toshkent tramvayining 115 yillik tarixiga nuqta qo‘yilgandi.

Mavzuga oid
Top