18:24 / 13.03.2017
170608

14 yoshli bolalarning turmush qurgani ko‘rsatilgan surat shov-shuv keltirib chiqardi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning Janaozen shahrida turmush qurgan o‘smirlarning surati tarqalib ketdi. Shu bilan birga Mangistau viloyatining adliya boshqarmasi va viloyat masjidi nikoh haqidagi ma'lumotni rad etmoqda.

Surat ostida shunday izoh qoldirilgan: «Aktauda 2003 yil tug‘ilgan bolalar turmush qurdi». Bu ma'lumot Mangistau viloyatining bironta vakolatli organlari tomonidan tasdiqlanmadi. 

"Faqat istisno hollardagina 16 yoshda nikohni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beriladi. Faqatgina ota-onalar roziligi yoki vasiylik organlari guvohligida. O‘n to‘rt yoshli bolalar nikohini har qanday sharoitga qaramay ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bizning hech qanday huquqimiz yo‘q. 

Men ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bolalarning go‘yoki turmush qurgani tasvirlangan suratni ko‘rdim, biroq bizning bayonotda bu haqida hech qanday ma'lumot yo‘q. Bu nikoh Mangistau viloyatining adliya boshqarmasida qayd etilmagan", - deb xabar bergan viloyatning Adliya boshqarmasi fuqarolarni ro‘yxatga olish bo‘limi boshlig‘i Lazzat Axmedova.

Mangistau viloyatining bosh imomi Smail Seytbekovning qayd etishicha, u ham suratni ko‘rgan, biroq uning so‘zlariga ko‘ra, kuyov 14 yoshda emas, taxminan 20 yoshda.  

"Qonunga muvofiq, biz faqatgina FHDYo ro‘yxatidan o‘tganlargagina nikohni joriy qilamiz, bunda yoshlarning yoshi 16dan kam bo‘lmasligi kerak. Shu sababli, aniq ayta olamanki, masjidda ham bu tariqa hech kimga nikoh o‘qitilmadi.  

Bu juftlik haqida biladigan yagona haqiqatim shuki, kuyovning yoshi 20 atrofida. Bu haqida menga bir odam xabar berdi", - degan imom.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa suratdagi yigit 1995 yilda, kelin esa 1996 yilda tug‘ilgani haqida yozmoqda.

Mavzuga oid
Top