17:28 / 13.03.2017
13105

15 yoshli o‘smir 10 yoshli qizni birovning avtomobilida urib ketdi

Yamalo-Nenets avtonom okrugining Nida Nadimskiy tumanidagi qishloqda 15 yoshli o‘smir mashinada "sayr qilish"ga qaror qildi va 10 yoshli qizchani urib yubordi. Bu haqida tuman transport politsiyasiga asoslanib, "Ura.ru" xabar berdi

Idora ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 12 mart kuni sodir bo‘lgan. O‘smir VAZ-2107 avtomobilini boshqarayotgan bo‘lgan. U boshqaruvni uddalay olmay, yo‘l chetida ketayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborgan. 

Natijada qizcha jarohatlar va miya chayqalishi gumoni bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Hozirda politsiya avtomobil egasi shaxsi va qanday qilib voyaga yetmagan o‘smirning mazkur avtomobil ruliga o‘tirgani borasidagi tafsilotlarga aniqlik kiritmoqda. 

Top