«Bunyodkor» OChLdagi uchinchi o‘yinni ham boy berdi va o‘z tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi
Bugun — 13 mart kuni Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida 3-tur o‘yinlari doirasida Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi Eronning «Zob Ohan» jamoasini qabul qildi.
Sergey Lushchan shogirdlari bu uchrashuvda ham kamchilik bo‘lib o‘ynadi va mag‘lub bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘lim boshida mehmonlar jamoasi hujumchisi Jyerri Bengston Murod Zuhurov bilan yakkama-yakka chiqib, hisobni ochdi.
Ko‘p o‘tmasdan maydon markazida havodagi to‘p uchun kurashda Chemirtan raqib futbolchisining ko‘kragiga tepib yuborgani uchun hakam unga darhol qizil kartochka berdi.
O‘yin hakam 6 daqiqa qo‘shib berdi va shu daqiqalar oxirida toshkentliklar jamoasi darvozasiga penalti belgilandi. Mehmonlar vakili Tabriziy 11 metrli nuqtada adashmadi va hisob 0:2 ko‘rinishini oldi.
Shu tariqa, «Bunyodkor» OChL guruh bosqichidagi uchinchi o‘yinda ham yengildi. Jamoa 2008 yildan buyon muntazam ravishda OChL turnirida ishtirok etib kelmoqda va shu vaqtga qadar bunday yomon start qayd etmagandi.
OChL, S guruhi, 3-tur
«Bunyodkor» - «Zob Ohan» 0:2 (0:0)
Gollar: Jyerri Bengston (55), Murtazo Tabriziy (90+6-penalti)
Mavzuga oid
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
13:11 / 02.04.2024
«Bunyodkor» Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishilganini e’lon qildi
21:00 / 02.03.2024
Yashirincha xususiylashtirish, metan-shoxobchadagi voqea va yoshlarga yangi imkoniyat - hafta dayjesti
14:37 / 27.02.2024