07:46 / 13.03.2017
10735

G‘arbiy Mo‘suldagi IShID jangarilari to‘liq qurshab olindi

Foto: AP

G‘arbiy Mo‘suldagi IShID jangarilari to‘liq qurshab olindi. Bu haqda IShIDga qarshi kurashuvchi koalitsiyadagi AQSh maxsus vakili Brett Makgark ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.  

Makgarkning ta'kidlashicha, Iroq qo‘shinlari Mo‘suldan oxirgi chiqish  yo‘lini nazorat ostiga olganlar. 

Uning aytishicha, IShID ayni vaqtda Iroqda bosib olgan hududlarining 60 foizini yo‘qotgan.

Avvalroq iroqlik harbiylar Mo‘sulni IShIDdan bir oy ichida to‘liq ozod qilishni mo‘ljallayotganlari ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top