15:47 / 13.03.2017
5739

Shimoliy Koreya BMTning inson huquqlari bo‘yicha majlisini boykot qildi

Foto: Reuters

Shimoliy Koreya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jyenevadagi inson huquqlari bo‘yicha Kengashi majlisini boykot qildi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi.

KXDRdagi inson huquqlari bo‘yicha tadqiqotchi Tomas Oyea Kintana yig‘ilishni ocha turib, Koreya yarim orolida harbiy harakatlarning ko‘payishi shimoliy koreyaliklar rahbari Kim Chen In bilan muloqot uchun imkoniyatni to‘sib qo‘yganini aytdi.

Shimoliy Koreya javob so‘zi uchun chaqirilgan, biroq zalda KXDR delegatsiyasidan hech kim bo‘lmagan.

«Biz KXDRdagi inson huquqlari bilan bog‘liq qandaydir uchrashuvlarda ishtirok etmaymiz, sababi ular siyosiy ruhga ega», - deya ma'lum qildi shimoliy koreyalik diplomati Chxve Myon Nam.

Avvalroq Janubiy Koreya KXDR yangi yadro sinovini o‘tkazishga tayyor ekanini ma'lum qilgani haqida xabar bergandik.

Top