12:33 / 14.03.2017
5586

AQShda kuchli qor bo‘roni tufayli besh mingdan ortiq aviareys bekor qilindi

Foto: AP

AQShning Sharqiy qirg‘og‘idagi kuchli qor bo‘roni tufayli besh mingdan oshiq reyslar bekor qilindi, deb xabar bermoqda FlightAware aviatsiya portali.

"Bekor qilingan barcha reyslarning umumiy soni 5348taga teng", - deyiladi saytda.

Kuchli qor bo‘roni AQSh shimoli-sharqi uchun yanvar va fevral oylarida kuzatilgan anomal issiq havo haroratidan so‘ng yopirildi. Dushanba va seshanba kunlari bu mavsum uchun juda past harorat kutilmoqda (Tselsiy bo‘yicha minus 4 — minus 2). Taxminlarga ko‘ra, noqulay ob-havo kuzatilayotgan hududlarda o‘n millionga yaqin amerikaliklar yashaydi.

Avval xabar qilinganidek, kuchli qor Atlantika qirg‘og‘idan tashqari, Buyuk tekislik va Shimoliy-Atlantika mintaqasida ham kuzatiladi. Boston va Nyu-Yorkdan tortib Baltimor hamda Filadelfiyaga qadar bo‘lgan shaharlarda qor kutilmoqda. 

Nyu-York hukumati fuqarolarni seshanba kuni avtomobillardan iloji boricha foydalanmaslikka chaqirdi. Elektr kompaniyalari esa ehtimoliy uzilishlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Top