Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Marsda suv borligini aniqlash uchun sun'iy yo‘ldosh uchirmoqchi
Foto: Fotolia/ artemp1
Yaponiya hukumati Marsni tadqiq qilish uchun 2020 yilda kichik o‘lchamdagi sun'iy yo‘ldosh uchirishga qaror qildi, deb ma'lum qildi "Asaxi" yapon nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, sun'iy yo‘ldoshni yaratishda Yaponiyaning axborot va kommunikatsiya texnologiyalari instituti va Tokio universiteti ishtirok etmoqda. Sun'iy yo‘ldosh 100 kg gacha og‘irlikka ega bo‘ladi. Uni turli sensorlar, jumladan Marsda suv va kislorod borligini aniqlashga mo‘ljallangan qurilmalar bilan jihozlash rejalashtirilgan.
Yaponiya hukumati sun'iy yo‘ldosh qanday raketa-tashuvchida uchirilishi bo‘yicha bir qarorga kelmagan. Agar ushbu reja amalga oshsa, Yaponiya birinchi marta Mars orbitasiga sun'iy yo‘ldosh olib chiqadi va u yordamida Qizil sayyorani tadqiq qiladi.
1998 yilda Yaponiya Marsga "Nodzomi" kosmik zondini uchirgandi, biroq undagi qurilmalar ishlamay qolgan.
2015 yilda Kanagava prefekturasidagi Sagamixara shahrida joylashgan Koinot tadqiqotlari va aeronavtika institutida o‘zga samo jinslaridagi materiyalarni o‘rganish markazi ochilgan. Unda Marsdan olingan muz va qum namunalarini tadqiq qilish rejalashtirilgan. Bu namunalarni 2020 yildan boshlab yetkazish mo‘ljallanmoqda.
Mavzuga oid
09:23 / 16.02.2026
Markaziy Osiyoda suv-energetika hamkorligi: uch davlat kelishuvga erishdi
18:57 / 09.02.2026
Ilon Mask endi Mars emas, Oyda shahar yaratish ustuvor ekanini aytdi
08:40 / 09.02.2026
Yaponiya hukmron partiyasi tarixiy g‘alabaga erishdi
22:40 / 08.02.2026