08:40 / 14.03.2017
3880

Britaniya parlamenti Brexit jarayonini boshlashni ma'qulladi

Buyuk Britaniya parlamenti mamlakat bosh vaziri Tereza Meyga Birlashgan Qirollikning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish jarayonini boshlashi uchun vakolatlarni berdi. Parlament shu mazmundagi maxsus qonun loyihasini qabul qildi, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Ta'kidlanishicha,, parlamentning yuqori palatasi – lordlar palatasi hukumatning qonun loyihasiga tuzatishlar kiritmagan. Shu bilan, bir oydan uzoq vaqtdan beri davom etib kelayotgan qonunchilik jarayoniga chek qo‘yildi. 

Qonun loyihasi ikkala palata tomonidan ma'qullangan bo‘lib, endi uni qirolicha Yelizaveta II imzolashi kerak. Shundan so‘ng, u qonun maqomiga ega bo‘ladi, bosh vazir rasman Brexit jarayonini boshlay oladi. 

Avvalroq, Britaniya parlamenti umumpalatasi Brexit qonun loyihasiga tuzatishlarni rad etgani xabar qilingan edi. 

Mavzuga oid
Top