Buyuk Britaniya parlamentining umumpalatasi lordlar palatasi tomonidan Brexit bo‘yicha qonun loyihasiga o‘zgartishlarni rad etdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Endi qonun loyihasi o‘zgarishlar kiritilishi uchun yana lordlar palatasiga qaytishi kerak.

Ta'kidlanishicha, ushbu jarayon norasman «ping-pong» nomini olgan. Bunda hujjat yakuniy ko‘rinishga kelmaguncha parlamentning bir palatasidan ikkinchi palatasiga o‘tkazilaveradi.

Avvalroq, Britaniya hukumati rahbari Tereza Mey 14 mart kuni mamlakatining YeIdan chiqish jarayonini rasman boshlashi ma'lum bo‘lgandi.