15:08 / 14.03.2017
6219

Xitoyda bir oyda 1 409 kishi yuqumli kasalliklar natijasida hayotdan ko‘z yumdi

Joriy yilning fevral oyida Xitoyda yuqumli kasalliklar 1 409 nafar kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqida Xitoy sog‘liqni saqlash va oilani rejalashtirish ishlari bo‘yicha Davlat qo‘mitasining hisobotiga asoslanib, "Anadolu" nashri xabar berdi

Manbaga ko‘ra, 1097 kishi - OITS, 142 kishi - sil kasalligi, 61 - parranda grippi, yana 109 nafari A-B-C-E gepatiti, zaxm va quturish kasalliklari natijasida hayotdan ko‘z yumgan. 

Hongkong, Makao va Tayvan bo‘yicha ma'lumotlar hisobotga kiritilmagan. 

Top