Turkiya - Niderlandiya: Turklar 100 yil oldingi Usmoniylar yordamini ham yodga olishdi
Usmoniylar imperiyasi sultoni Mehmed V Reshad 1916 yilda, Birinchi jahon urushidagi og‘ir shart-sharoitlarga qaramay, Niderlandiyaga yordam qo‘lini cho‘zgan. Usmoniylar davlati arxivlari ma'lumotlari shundan dalolat beradi. Turkiyaning "Anadolu" agentligi shu mavzudagi maqolasi bilan moziyga ishora qildi.
Xususan, 1916 yilning 30 yanvarida Usmoniylar davlati parlamenti suv toshqinidan jabrlangan Niderlandiya aholisiga yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini qabul qilgan.
Usmoniylar davlati hujjatlariga muvofiq, Niderlandiya aholisi ehtiyojlari uchun 25 ming kurush (Usmoniylar davridagi kumush tangalar) ajratilgan.
Bundan tashqari, arxiv ma'lumotlarining guvohlik berishicha, Niderlandiya Usmoniylar davlatiga telegraf orqali minnatdorchilik bildirgan.
Mavzuga oid
00:25 / 08.01.2025
Niderlandiyada boshpana so‘rab murojaat qilganlar soni to‘rt yil ichida birinchi marta kamaydi
13:27 / 31.12.2024
Yekaterinburgda ko‘makka muhtoj o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi
10:52 / 31.12.2024
Bir jinoyat tarixi - Fransiyada “Reno” kompaniyasining rahbari nega o‘ldirilgan edi?
00:20 / 10.12.2024