13:48 / 14.03.2017
15344

Muzga aylanib qolgan uyni ko‘rganmisiz? (video)

AQShning Nyu-York shtatida Ontario ko‘li yonidagi oddiy uy muzga aylandi.

Bo‘ron vaqtida ko‘l suvlari uyga yopirilgan, shundan so‘ng u muzlab qolgan.

Fotosuratchi Jon Kuko “muzlatilgan” uyni ko‘rib qolib, uning suratlarini tarmoqqa joylashtirdi.

Bi-bi-si’ning xabar qilishicha, ijtimoiy tarmoqning ko‘plab foydalanuvchilari fotosurat haqiqiy ekaniga ishonishmagan. Ularning fikricha, Kuko uyning atrofiga ko‘pik sochib tashlagan. Fotosuratchi barcha mish-mishlarni rad etish maqsadida Facebook’da maxsus videoni joylashtirdi. Rolikni ikki kun davomida 70 ming marotaba tomosha qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Nyu-York shtatining 200 ming aholisi qor bo‘roni tufayli elektr quvvatisiz qoldi.

Top